Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Peruda sud Bill Geyts va Jorj Sorosni koronavirus pandemiyasini «yaratganlik»da aybladi
12.01.2021 19:28,  
637

Peruda Chincha va Pisko provinsiyalari apellyasiya sudi Microsoft asoschisi Bill Geytsni, investitsiyachi bankir Jorj Sorosni, shuningdek, milliarder Rokfellerlar oilasi a’zolarini koronavirus pandemiyasini «yaratganlikda» aybladi. Bu haqda mahalliy OAVlar tomonidan e’lon qilingan sud qarorida aytiladi, deb yozadi Meduza.

Qarorni sudyalar Tito Galegos, Luis Legiya va Toni Changaray 21 dekabr kuni chiqargan. U zo‘ravonlikda ayblanuvchiga nisbatan hibs muddatini uzaytirish haqidagi apellyasiyaga tegishli. Unda pandemiya «yangi dunyo tuzumi mualliflari» va «dunyoga hukmronlik qiluvchi jinoiy elitalar» tomonidan yaratilganligi haqidagi fitna nazariyasi keltiriladi.

«Na birorta dunyo hukumati, na biror jismoniy yoki yuridik shaxs, na sudlanuvchining himoyasi bu pandemiya ‘oldindan aytish mumkin bo‘lgan’ xususiyatga ega ekanligini tasdiqlay oladi, uni yaratgan yangi dunyo tuzumi mualliflari, shu jumladan, Bill Geyts, Soros, Rokfeller va boshqalardan tashqari…» — deyiladi qarorda.

Peruda sud hokimiyati ustidan nazorat uchun javob beruvchi davlat muassasasi — OCMA qarorni chiqargan sudyalarga qarshi tekshiruv boshladi.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan keyin infeksiyaning sun’iy ravishda keltirib chiqarilgani haqida ko‘plab fitna nazariyalari tarqaldi. Uni yaratishda Bill Geytsni, Markaziy razvedka boshqarmasini, Xitoy hukumatini ayblashdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa virus laboratoriyalarda yaratilgan yoki o‘zgartirilgani emas, balki odamlarga ko‘rshapalaklardan yuqqani haqidagi fikrga qo‘shiladi.

Shuningdek, pandemiya davrida Bill Geyts sayyora aholisi sonini nazorat qilish uchun COVID-19’ga qarshi emlash niqobi ostida odamlarga chip o‘rnatmoqchi ekanligi haqidagi fitna nazariyasi ham ommalashib ketdi. Geyts bunday fikrni rad etishi qiyin ekanligini, «chunki buning o‘zi juda ahmoqona yoki g‘alati» ekanligini aytgand

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан