Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Pfizer» vaksinasidan so‘ng 13 isroillikning yuzi falajlanib qoldi
17.01.2021 21:15,  
446

«Pfizer» kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasining birinchi dozasini olgandan keyin 13 nafar isroillikning yuz nervlari falajlanib qoldi, deya xabar berdi «Yediot Axronot».

«Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 13 kishida parez alomatlari paydo bo‘lgan, ammo sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarning fikricha, amalda bunday holatlar soni ko‘proq», — deb yozadi gazeta.

Mana, masalan, vaksina qabul qilganlardan biri emlangandan bir necha daqiqa o‘tgach iyagi va og‘zida g‘alati holatni his qilganini ma’lum qilgan.

«Men 28 soat u bilan birga yurdim. Butunlay yo‘qoldi deb aytolmayman, biroq menda bundan boshqa og‘riq yo‘q», — dedi u.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, birinchi doza yuborilgandan so‘ng parez alomatlari paydo bo‘lgan bemorlarga ikkinchi doza tuzalgunga qadar berilmay turishi kerak. Biroq shifokorlar bunday vaziyatda ikkinchi dozani yuborishning maqbulligiga shubha bilan qarashmoqda.

Isroilda aholini COVID-19ga qarshi ommaviy emlash 20 dekabrda boshlandi. Ikkinchi dozasi 10 yanvardan yuborila boshlandi. Birinchi bosqichda vaksinani tibbiyot xodimlari, tibbiyot talabalari, geriatriya muassasalari xodimlari va hokimiyat organlari vakillari qabul qilishdi. Ikkinchi bosqichda 60 yoshdan oshgan fuqarolar va xavf guruhiga kiruvchi odamlar emlanishdi. Vaksinaning birinchi dozasini ikki milliondan, ikkinchi dozasini 200 mingdan ortiq odam qabul qilishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан