Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etiladi
5.09.2020 11:03,  
206

“O‘zbekiston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4817-son, 02.09.2020 y.) qabul qilindi

Qaror bilan Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi hamda Qo‘mita markaziy apparati tuzilmasi va hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi. 

Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari shtat birliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimining 30 nafar, Ipakchilik ilmiy tadqiqot institutining – 15 nafar, Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining – 20 nafar, Buxoro cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy ishlab chiqarish markazining – 23 nafar shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.

Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
 
Qarorga muvofiq, qorako‘lchilik klasterlari va Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tadbirkorlar tomonidan 2021-2022 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari ro‘yxati shakllantiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан