Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Pochka qismimni sotaman». Toshkentlik fuqaro buyragini sotish uchun e’lon berdi
4.01.2021 09:42,  
12915

«TezNews.uz» nashrining yozishicha, Toshkentda 29 yoshli fuqaro buyragini sotish uchun «OLX»ga e’lon bergan. U buyragini 2 ming dollarga baholagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi fuqaro buyragini 2 ming AQSh dollariga sotish uchun e’lon bergan.

«Pochkamni sotaman, yoshim 29 da. Iloji boricha tezroq. Telefon raqamim orqali batafsil ma’lumot beriladi. Sog‘lom», — deb yozadi fuqaro e’lon haqida keltirilgan tavsifda. E’lon beruvchi o‘zining shaxsi va jinsi haqida hech qanday ma’lumot qoldirmagan.

Ma’lumot uchun, Yevropada inson ichki organlari, jumladan, ingichka ichak – 2,5 ming dollar, buyraklar – 70 ming dollar, yurak – 250 ming dollar, o‘pka – 20 ming dollar, ko‘zning shox pardasi – 5 ming dollar, jigar – 120 ming dollar, bosh – 5 million dollar, oshqozon – 10 ming dollar, tuxum hujayralar – o‘rtacha 7,5 ming dollargacha bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, Qozog‘istonda buyrak 10 million tenge, ya’ni 23 611 dollarga baholangan. Shuningdek, kiyevlik Ulyana buyragi uchun deyarli 350 ming dollar so‘ragan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан