Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda poyezd va zil-131 o‘zaro to‘qnashdi
20.02.2021 18:34,  
393

Namangan viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra: shu yilning 20 fevral kuni soat 07.10 larda Rouston-To‘raqo‘rg‘on temir yo‘l oralig‘idagi 82 km. 9-piketda, Namangan tumani Mirishkor MFY hududidan o‘tgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida Farg‘ona viloyatida yashovchi 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi  Zil-131 rusumli yuk mashinasi harakat xavfsizligini ta’minlay olmaslik oqibatida temir yo‘lda harakatlanib kelayotgan elektropoyezd bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada Zil-131 haydovchisi ko‘krak qafasi yopiq shikasti, o‘ng tomon qo‘vurg‘alari yopiq sinishi tan jarohati bilan Namangan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Elektropoyezd esa soat 07.48da harakatni davom ettirgan. 

Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan voqea sodir bo‘lgan hududda haydovchilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda haydovchilar hushyorlikka chaqirilib, kelgusida bu kabi vaziyatlarga duch kelmaslik uchun temir yo‘lga yaqinlashganda to‘htab, poyezd bor yoki yo‘qligiga ishonch hosil qilgandan so‘nggina harakatlanish lozimligi talab etildi.

Aksincha bo‘lsa bundanda og‘irroq holatlar kelib chiqishi mumkinligi borasida ham ogohlantirish berildi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан