Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Poliklinika bo‘lim mudiri shaxsiy mashinasini xodimiga yuvdirdi
18.11.2020 00:41,  
210

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasi 2-son ko‘p tarmoqli poliklinikasining bo‘lim mudirasi ish jarayonida shaxsiy avtomobilini shu poliklinikada ishlovchi farroshga tozalatdi.

Bu haqdagi surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgach, mudira jarimaga tortildi.

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning ma’lum qilishicha, Ye.B. Mehnat kodeksining 177-moddasi 2-qismi talablarini buzgan.

Shu bois tuman Davlat mehnat huquqi inspektori mudirani MJTKning 49-moddasiga asosan BHMning 5 baravari (1 mln 115 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortdi.

Mehnat kodeksining 177-moddasi 2-qismiga ko‘ra, ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va boshqa shaxslarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diruvchi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан