Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Poytaxtning ayrim tumanlari aholisi sentyabr-oktyabr oylarida vaqtincha suvsiz qoldiriladi — ro‘yxat
1.09.2021 14:54,  
457

2021 yil kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazkich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahrining tumanlarida suv bosimining pasayishi va vaqtincha bo‘lmasligi haqida quyidagilar ma’lum qilindi:

— Yakkasaroy tumani bo‘yicha - (6 sentyabr soat 09:00 dan 21:00 gacha) Nukus ko‘chasi bo‘ylab, Glinka ko‘chasidan Bobur ko‘chasigacha, Abdulla Qahhor ko‘chasi bo‘ylab, Shota Rustaveli ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha, Tarobiy ko‘chasi, va Damariq tor ko‘chasi (qisman).

Shuningdek, shu tumanda (4 oktyabr soat 09:00 dan 5 oktyabr soat 09:00 gacha) Tafakkur ko‘chasi (qisman), Bog‘idil tor ko‘chalari bilan birga, Shams Kulol tor ko‘chalari bilan birga;

— Olmazor tumani bo‘yicha - (7 sentyabr soat 09:00 dan 8 sentyabr soat 09:00 gacha) Ibrohim ota, Chuqursoy, Gulzor, Paxta, Nihol, Moyariq va Beshqo‘rg‘on mahallalari.

Shuningdek, shu tumanda (16 sentyabr soat 23:00 dan 17 sentyabr soat 06:00 gacha) Shifonur ko‘chasidagi 1, 1a, 2a, 3a, 19-sonli ko‘p qavatli uylar, Qora-Qamish -1/1 dahasi 1-sonli ko‘p qavatli uydan 28-sonli ko‘p qavatli uygacha, Qora-Qamish-1/2 dahasi 1-a-sonli ko‘p qavatli uydan 9-a-sonli uygacha,  2-b-sonli ko‘p qavatli uydan 13-b-sonli ko‘p qavatli uygacha, Qora-Qamish-2/5 9-sonli ko‘p kavatli uy.

20 sentyabr soat 09:00 dan 21 sentyabr soat 16:00 gacha Beruniy, Mirza G‘olib, Xislat, Shifokorlar, Beshqo‘rg‘on, Moyqo‘rg‘on, Chig‘atoy-Oqtepa mahallalari, ToshDU-ToshTU, Tibbiyot shaharchasi, Olimpiya, Xo‘jayev mavzelari, Toshkent Davlat Texnika universiteti, ToshDavTA-2, Non ishlab chiqarish sexi;

— Uchtepa tumani bo‘yicha - (8 sentyabr soat 09:00 dan 9 sentyabr soat 09:00 gacha) Cho‘ponota mahallasi, Chilonzor 25-dahasi.

Shuningdek, shu tumanda (15 sentyabr soat 09:00 dan 16 sentyabr soat 09:00 gacha) Chilonzor 23 mavzesi 14, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39, 41, 42, 57 – sonli ko‘p qavatli uylar, 12 mavze 7-a – sonli ko‘p qavatli uy, 26 mavze 1, 2, 3, 11, 12, 24, 27, 28, 29, 30, 31, 35 – sonli ko‘p qavatli uylar, 24 mavze 1–sonli ko‘p qavatli uydan 24 – sonli ko‘p qavatli uygacha, 42 – sonli ko‘p qavatli uydan 53 – sonli ko‘p qavatli uygacha.

20 sentyabr soat 09:00 dan 21 sentyabr soat 16:00 gacha Shaftolizor mahalla (qisman).

22  sentyabr soat 09:00 dan 23 sentyabr soat 09:00 gacha Shofayz mahallasi, Mannon Uyg‘ur , Quyosh Nuri, Zakovat, Mars, Jamshid, Ali Qushchi, Shu’la, Qashqariy, Zafariy, Dilnoz, Ibrat, Lochin, Dilkash, Durbek, Xondamir, Asqad Muxtor, Quvnoq , Bayram, Degrez ko‘chalarida, Degrez 8-tor kuchasi.

7 oktyabr soat 23:00 dan 8 oktyabr soat 06:00 gacha Qor yog‘di mahallasi;

— Sergeli tumani bo‘yicha - (13 sentyabr soat 09:00 dan 14 sentyabr soat 16:00 gacha) Nilufar va Ittifoq mahallalari;

Shuningdek, shu tumanda (23 sentyabr soat 23:00 dan 24 sentyabr soat 06:00 gacha) Sergeli-8 dahasidagi 16-qavatli 3- va 4-sonli uylar.

28  sentyabr soat 09:00 dan 29 sentyabr soat 09:00 gacha Qipchoq, Daryo bo‘yi mahallalari, Nilufar 3-tor ko‘chasidagi 1, 3, 5, 7, 31, 33-sonli ko‘p qavatli uylarda; 2, 4, 6, 8, 9, 10, 11, 13, 15, 17, 19, 21, 23, 25, 27, 29-sonli 2-qavatli uylar;

— Yangihayot tumani bo‘yicha - (13 sentyabr soat 09:00 dan 14 sentyabr soat 16:00 gacha)  Viqor, Al-Farg‘oniy, Chorbog‘, Yorqin hayot, Xushnud, Yo‘ldosh, Fayzli, Chortoq, Iqbol mahallalari, Yangihayot tumani hokimiyati, Tug‘ruqxona, Lutfkor ko‘chasidagi xususiy xonadonlar, Non ishlab chiqarish sexi-1 dona;

— Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha - (14 sentyabr soat 09:00 dan 15 sentyabr soat 09:00 gacha) Qorasuv- 6 dahasi, Rishton tor ko‘chalari bilan birga, Avayxon tor ko‘chalari bilan birga, Gyote, Qorasuv ko‘chalarida;

Shuningdek, shu tumanda (30 sentyabr soat 09:00 dan 30 sentyabr soat 21:00 gacha) orasuv -1 mavze 14, 15, 36, 45, 46-sonli ko‘p qavatli uylar,  Qorasuv -3 mavze 13, 14-sonli ko‘p qavatli uylar, 1- va 2- tor Avayxon  ko‘chalari;

— Suv bosimi kamayadi: Qorasuv - 1 mavze 24-sonli ko‘p qavatli uydan 35, 37-sonli ko‘p qavatli uylargacha; Qorasuv - 6 mavze 16, 17, 19, 19a, 19b, 19v, 21, 22, 23, 24, 26-sonli ko‘p qavatli uylarda, Avayxon ko‘chasi 1-sonli ko‘p qavatli uydan 15-sonli ko‘p qavatli uygacha, Gyote ko‘chasidagi 54-sonli ko‘p qavatli uygacha.

4 oktyabr soat 23;00 dan 5 oktyabr soat 06:00 gacha Mustaqillik, Lashkarbegi, Nur, Oqibat, Shahrisabz mahallalari.

7 oktyabr soat 09:00 dan 8 oktyabr soat 16:00 gacha "Nuroniylar" jamiyati, O‘zbekiston va Le Grand Plaza mehmonxonalari;

— Shayxontohur tumani bo‘yicha - (15 sentyabr soat 23:00 dan 16 sentyabr soat 06:00 gacha) Ibn-Sino-1, 2, Beltepa, Jarariq dahalari, Zafarobod, Beltepa, Shodlik mahallalari, Ko‘ksaroy ko‘chasi, Soyguzar tor ko‘chalari bilan birga, Jarariq tor ko‘chalari bilan birga.

Shuningdek, shu tumanda (20 sentyabr soat 09:00 dan 21 sentyabr soat 16:00 gacha) Beltepa mahallasi (qisman);

— Yashnobod tumani bo‘yicha - (16 sentyabr soat 09:00 dan 17 sentyabr soat 09:00 gacha) 22-sonli Avia shaharchasi, Mahtumquli ko‘chasidagi yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarda hamda tuman prokuraturasi;

— Qibray tumani bo‘yicha - (27 sentyabr soat 09:00 dan 28 sentyabr soat 21:00 gacha) Bobur, Oybek mahallalari, Ortopediya Markazi, Toshkent Davlat Agrar universiteti.

Shuningdek, shu tumanda (29  sentyabr soat 09:00 dan 30 sentyabr soat 21:00 gacha) Salar GES, Obod, O‘nqo‘rg‘on, Farovon mahallalarida;

— Yunusobod tumani bo‘yicha -  (28 sentyabr soat 23:00 dan 30 sentyabr soat 06:00 gacha)  Sharq Haqiqati, Islomobod mahallalari.

Shuningdek, shu tumanda (4 oktyabr soat 23:00 dan 5 oktyabr soat 06:00 gacha) Niyozbek yo‘li 6-tor ko‘chasi, 39-sonli ko‘p qavatli uy.

6 oktyabr soat 23:00 dan 7 oktyabr soat 06:00 gacha Otchopar» mahallasi, Yunusobod -2, 3, 13-mavzelari;

— Chilonzor tumani bo‘yicha - (5 oktyabr soat 09:00 dan 6 oktyabr soat 09:00 gacha) Charx Kamolon-1, Charx Kamolon-2, Charx Kamolon-3, Chilonzor mahallalari, Muqimiy ko‘chasi, Chilonzor - 2, 3, 4, 5, 6, 7, "Ye", "S" mavzelarida, shahar prokuraturasida vaqtincha cuv ta’minoti to‘xtatiladi.

Shuningdek, suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан