Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident 6 kishini ishdan oldi, 5 kishiga “hayfsan”, ikkisiga muhlat berdi
8.04.2021 20:51,  
1847

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlaridan tashqari yana bir necha rahbarlar lavozimidan ozod etildi — deya yozmoqda ’Qalampir.uz’.

Ular orasida Qashqadaryo viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘i Azamat Bozorov, Markaziy bank viloyat boshqarmasi boshlig‘i Rajabov, Navoiy viloyati Markaziy bank boshqarmasi boshlig‘i Saidov, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muhammadiyev ham bor. 

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Viloyat prokurori Tojiyev, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sotvoldiyev, Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov, viloyat prokurori Ahmedovga “hayfsan” berildi. 

“Agar uch oyda mana shu rahbarlar keskin o‘zgarmasa, hammasini ishdan olaman”, deydi Prezident. 

Shuningdek, yig‘ilishda Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Tosboyev va Soliq boshqarmasi boshlig‘i Botir Aliyev ushbu lavozimga mart oyida tayinlangani bois, ularga ham uch oy sinov muddati tayinlandi. 

“Ushbu yangi rahbarlar ham natija ko‘rsatmasa, ishdan ketadi”, deydi Mirziyoyev.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан