Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, xodimlari koronavirusga qarshi to‘liq emlangani ma’lum qilindi
13.08.2021 11:54,  
87

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi rahbariyati hamda xodimlarining deyarli barchasi koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlangan. Bu haqda Telegram’dagi «Nigoh» kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Administratsiya va Vazirlar Mahkamasi rahbariyati va xodimlari asosan ZF-UZ-VAC2001 hamda Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlanib bo‘lgani ma’lum bo‘lgan edi. «Prezidentimiz mas’uliyatli fuqaro sifatida, albatta, vaksina olganlar. O‘sha vaqtda O‘zbekistonda uchta vaksina — ZF-UZ-VAC-2001, AstraZeneca va ‘Sputnik V’ ro‘yxatdan o‘tgan edi. Prezidentimiz shu vaksinalardan biri bilan to‘liq emlanganlar», — deya ma’lum qilgandi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 2 avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан