Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Buxoroda tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan aholi bilan muloqot qildi
21.01.2021 14:26,  
384

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 yanvar, payshanba kuni Buxoro viloyatiga kelib, vertolyotda Olot tumaniga yo‘l oldi va tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan aholi bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu tashrif hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan 2021 yilgi birinchi tashrif bo‘lib, u mazkur chekka tumandan boshlanmoqda.

Xabarga ko‘ra, 2020 yil 27 aprel kuni Buxoro viloyatiga janubdan kuchli shamol kirib kelgan edi. Uy-joylar, infratuzilma va ekinlarga katta zarar yetkazgandi. Davlat rahbari zudlik bilan u yerga yetib borib, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish, turar joylar va ijtimoiy ob’yektlarni ta’mirlash bo‘yicha topshiriqlar bergandi.Bu galgi safar chog‘ida Prezident vertolyotda ushbu ishlar qamrovini ko‘zdan kechirgan.

Xususan, Olot, Qorako‘l, Jondor, Romitan, Peshku va Shofirkon tumanlarida 45 mingta uy, 204 ta ko‘p qavatli turar joy ta’mirlangan. Mingdan ortiq ijtimoiy soha va tadbirkorlik ob’yektlari, yo‘llar, elektr, gaz va aloqa tarmoqlari tiklangan.

«Ayni paytda davlat rahbari shu yerlik aholi bilan muloqot qilmoqda», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан