Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident farmoni bilan yana bir qo‘mita tashkil etildi
3.09.2020 16:35,  
1023

"O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2021 yil 1 iyulga qadar respublikaning yaylovlarga ega barcha hududlarida ozuqa bazasini yaratgan holda mayda shoxli nasldor mollarni ko‘paytirish, mol so‘yish, teri va junni qayta ishlash, go‘sht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish bo‘yicha qorako‘lchilik klasterlari tashkil qilinadi.

Klasterlarga qorako‘l zotli qo‘ylarini boqishga mo‘ljallangan, shu jumladan, o‘rmon bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlaridan yaylovlar ijaraga beriladi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab klasterlarga hududlarda shaxtali va tik quduqlar, shuningdek, suv tortish uchun nasos stansiyalarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga Prezidentning PQ–4567-son qarorida nazarda tutilgan 120 million so‘mgacha miqdorda subsidiyalar berish tartibi qo‘llaniladi.

Respublika «Qorako‘lchilik» uyushmasi a’zolariga qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida 1 ta ish o‘rni yaratish sharti bilan Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming so‘m) miqdorida subsidiyalar ajratiladi.

Farmon bilan Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etildi.

Pillachilik va qorako‘lchilik sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, ushbu tarmoqlarni rivojlantirishni ta’minlash Qo‘mitaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Qo‘mitaga o‘tkaziladi.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari (shu jumladan, ipak momig‘i) va xom ipak (TIF TN kodi – 5002 va 5003)ni olib chiqishda 2021 yil 1 yanvardan olib chiqiladigan ipak chiqindilari va xom ipakning har 1 kilogrammi uchun 0,05 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан