Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha yig‘ilish boshlandi
6.05.2022 17:32,  
28

Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha yig‘ilish boshlandi.

Ushbu tarmoqda yaratilgan shart-sharoitlar natijasida o‘tgan besh yilda:

- 465 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 163 ta yangi loyiha ishga tushirilgani;

- ishlab chiqarish hajmi 4 barobarga (4 trillion so‘mdan 17 trillion so‘mga), eksport esa 3 barobarga (190 million dollardan 565 million dollarga) oshgani;

- tarmoqda ish o‘rinlari soni 2 barobarga oshib, 32 mingtaga yetgani ta’kidlandi. 

“Lekin bu hali juda kam. Taraqqiyot dasturida 2026 yilga qadar elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga, eksportni 3 baravarga oshirishni maqsad qilganmiz.

Kelgusi yillarda mis ishlab chiqarish hajmi 2 baravarga oshadi. Uni o‘zimizda chuqur qayta ishlab, raqobatdosh tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish zarur”, dedi Prezident.

Buning uchun “ta’lim – innovatsiya – ishlab chiqarish – servis” yaxlit zanjirini o‘z ichiga olgan sanoat klasteri tashkil etish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан