Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida yig‘ilish boshlandi
5.04.2022 16:54,  
104

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish boshlandi.

Maktab ta’limini isloh qilish bo‘yicha yil boshida belgilangan topshiriqlar ijrosi, yil yakuniga qadar ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

“Yanvar oyida maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha 5 ta ustuvor yo‘nalishda aniq vazifalarni belgilab, barcha masalalar hal qilib berilgan edi.

Lekin birorta islohot oson bo‘lmaydi. 

2022 yilni hokimlarning maktabga e’tibori yili deb e’lon qilganimiz va tuman hokimi “RayONO” mudiri bo‘ladi, degan vazifalarni, afsuski, hamma hokimlar ham hali to‘liq tushunib yetgani yo‘q”, dedi davlatimiz rahbari.

Prezident sohadagi ishlar ahvoli qoniqarsizligi uchun viloyat va tuman hokimlarini keskin tanqid qildi.

Jumladan, ikki oyda barcha hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida respublikadagi 852 ta maktabda ta’lim sifati, muallimlar salohiyati va o‘quvchilarning oliygohlarga kirish darajasi ancha pastligi aniqlangan.

Bu borada eng og‘ir ahvol Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘istonda ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda respublika bo‘yicha 1 ming 526 ta maktab bolalar tarbiyasi, davomat, ma’naviy muhit bo‘yicha “qizil” toifaga kiritilganligi ta’kidlandi.

Ayniqsa, Toshkent shahridagi 69 ta maktab, Surxondaryoda 169 ta va Qoraqalpog‘istonda 128 ta, Sirdaryoda 54 ta, Farg‘onada 162 ta, Toshkent viloyatidagi 147 ta maktablarda muhit qoniqarsiz deb topilgan.

“Bu tuman va shahar hokimlari maktab masalalari ichiga umuman kirmaganligidan dalolat. Yanvarda o‘tgan selektordan keyin ham ular o‘ziga xulosa qilmagan. 

Ushbu viloyat, tuman va shahar hokimlarini oxirgi marta ogohlantiraman. Agar uch oyda o‘zgarish bo‘lmasa, jiddiy chora ko‘riladi. 

Bugungi kunda maktabning eng katta muammosi – o‘qitish metodikasining mutlaqo eskirganligi. Afsuski, maktab ta’limi eski qolipdan chiqa olmayapti”, dedi davlatimiz rahbari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан