Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident tanqididan so‘ng Qashqadaryoda suvga mas’ul 3 nafar rahbar ishdan olindi
21.11.2020 12:47,  
373

Vazirning ma’lumot berishicha, Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Laziz Rajabov, Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Qurbonov hamda havza boshqarmasi tasarrufidagi «Qashqadaryo suv qurilish invest» DUK boshlig‘i Botir Rahimovlar ishdan olingan.

Prezident tanqidiga uchragan viloyat suv xo‘jaligining mas’uli Ilhom Qurbonov havza boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan olinib, Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan videoselektorda Qashqadaryoda yerlarni noto‘g‘ri sug‘orish oqibatida mavjud ekin maydonlarining 45 foizi sho‘rlangani, ayniqsa, bu borada Muborak, G‘uzor, Nishon va Kosonda ahvol juda og‘irligi tanqid qilingandi. 38 ming gektar maydon foydalanishdan chiqib ketgani aytilib, tomchilatib sug‘orish jami sug‘oriladigan maydonning bor-yo‘g‘i 2,4 foizida joriy qilingani ta’kidlab o‘tilgandi. Shundan so‘ng davlat rahbari suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayevga viloyatda suvga mas’ul rahbarlarni ishdan olishni buyurgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан