Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident tibbiyot xodimlarini bayram bilan tabrikladi
9.11.2019 15:48,  
334

Toshkentdagi muhtasham «Turkiston» san’at saroyida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar, shifokor va hamshiralar, madaniyat va san’at namoyondalari ishtirok etgan marosimda davlat rahbarining Tibbiyot xodimlariga tabrigi o‘qib eshittirildi.

Yuksak ehtirom va ko‘tarinki ruh bilan kutib olingan tabrikdan so‘ng Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan davlatimiz rahbarining maxsus Farmoniga ko‘ra bir guruh soha vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva tomonidan davlat mukofotlari topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov soha xodimlarini Tibbiyot xodimlari kuni bilan tabrikladi. Tibbiyot tizimiga 2017 yilda sohaga 7,1 trillion so‘m yo‘naltirilgan bo‘lsa, 2019 yilda sohaga 12,1 trillion so‘m yo‘naltirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E. Bositxanova ishtirok etdi.​

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан