Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident ustidan Germaniya prokuraturasiga shikoyat tushdi
9.05.2021 08:25,  
1821

Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko nemis advokatlarining uni insoniyatga qarshi jinoyatda ayblab Germaniya Bosh prokuraturasiga murojaat etganini tanqid qildi. Davlatga qarashli BelTA agentligi xabariga ko‘ra, Lukashenko ushbu murojaatni “ahmoqona va bir lahzalik siyosat” deb atagan. 

“Ular meni sud qilarmish... Kimsizlar o‘zi meni sud qilgani?” – dedi Belorussiya prezidenti.

U shikoyat aynan Germaniyada berilganini alohida tanqid ostiga oldi va mazkur mamlakatning o‘tmishiga ishora qilib shunday dedi: “Britaniyada berishsin edi, Amerikadami, Fransiyadami, ular koalitsiyada bo‘lgan. Lekin fashizmning merosxo‘rlari emas-da”. Lukashenko Ikkinchi jahon urushida va fashizmga qarshi kurashda ko‘plab belorussiyaliklar halok bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 5 may kuni to‘rt nafar nemis advokati Germaniya Bosh prokuraturasiga murojaat qilgan. Ular Belorussiyada 2020 yilning avgustida bo‘lib o‘tgan prezident saylovidan keyin norozilik namoyishlari qatnashchilariga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llanganini va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilganini aytmoqda. Advokatlar qiynoqqa solingan belorussiyaliklar nomidan harakat qilmoqda.

Advokatlarning fikricha, Belorussiyada namoyishchilarga nisbatan ortiqcha kuch qo‘llagani uchun na Lukashenko, na kuch tizimlarning javobgarlikka tortilish ehtimoli yo‘q. Ular Germaniyani ushbu holatlar bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazishga chaqirmoqda. Shuningdek, advokatlar boshqa davlat hududida sodir etilgan va xalqaro huquqda taqiqlangan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha universal yurisdiksiyaga tayanishayotganini ta’kidlashmoqda. 

Belorussiyaliklar qiynoqqa solinish, ovqat va uyqudan mahrum qilinish, tahqirlanish va kamsilitishdan shikoyat qilib, bularning oqibatida sog‘liqlariga zarar yetganini aytishgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан