Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident xalqni issiqlik va elektr bilan to‘liq ta’minlashni buyurdi
5.01.2021 20:18,  
838

"Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2021 yilda birinchi ishchi yig‘ilishini o‘tkazdi.
Uchrashuvda prezidentga isitish tizimlari faoliyati bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risida xabar berildi. Bu haqida Turkmanistan davlat axborot agentligi xabar berdi", - deya ma’lum qilmoqda xabar.uz
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, ayni paytda mamlakatning barcha hududlarida sovuq tushishi sababli isitish tizimlarining barqaror ishlashi yo‘lga qo‘yilgan. Berdimuhamedov, o‘z navbatida, davlat xizmatchilariga turar-joy binolari, maktablar va bolalar bog‘chalarida tegishli tizimlarning operasion holatini tekshirishni buyurdi.
Aholi punktlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Gurbanguli ushbu yo‘nalishda bir qator ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, aholini ichimlik suvi va gaz bilan ta’minlash muhimligiga e’tibor qaratildi.
Ma’lumot uchun, 2020 yil 29 dekabrda Turkmanistonda bir necha soat davomida elektr uzilishlari yuz berdi. Shundan so‘ng Berdimuhammedov birdaniga uchta mansabdorga – Bosh vazir o‘rinbosari Shamuxammet Durdiliyevga, Energetika vazirligi rahbari Charimirat Purchekovga va uning o‘rinbosari Botir Xudayberdiyevga qattiq tanbeh berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан