Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident yangi avtomobil modellarini ko‘zdan kechirdi va tuman faollari bilan uchrashdi (foto)
22.08.2020 11:05,  
1062

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha 21 avgust kuni Toshkent shahar Bektemir tumani faollari bilan uchrashdi.

Ma’lum qilinishicha, Bektemir tumani Toshkent shahri sanoatining 10 foizini ta’minlaydi. Joriy yilning o‘tgan davrida bu yerda sanoat mahsuloti 9 foizga, xizmat ko‘rsatish 8 foizga, eksport 11 foizga o‘sgan.

Uchrashuvda tumanda yangi «o‘sish nuqtalari»ni topish va aholi hayotini yaxshilash borasidagi rejalar aytib o‘tildi.

Masalan, Bektemir tumaniga Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlaridan jami 1 ming 639 gektar yer o‘tkaziladi. Natijada tuman hududi 3 ming 472 gektarga yetadi. Buning hisobiga yangi sanoat va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari barpo etish, minglab ish o‘rinlari ochish imkoniyati yaratiladi.

Yaqin uch yilda tumanda umumiy qiymati 3,3 trillion so‘mlik 61 investitsiya loyihasi amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, joriy yilda 52 ta shunday loyiha ishga tushirilib, 2 ming 700 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.

Tumanda ishsizlik darajasi 3,3 foiz, shu jumladan, ayollar orasida 1,7 foiz, yoshlar o‘rtasida 1,5 foiz ekani qayd etildi. Maktabgacha ta’lim muassasalari yetishmasligi, qator mahallalarda ichki yo‘llar holatining yomonligi, kommunal tizimlarda ham kamchiliklar borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, kambag‘allikni kamaytirish, uy-joyga muhtoj oilalarga uy ajratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Xizmat ko‘rsatish sohasini keskin rivojlantirish, yangi ijtimoiy ob’yektlar barpo etish, kommunal tarmoqlarni qurish va ta’mirlash, uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Bektemir tumani faollari bilan uchrashuvdan so‘ng davlat rahbari mamlakatimizda ishlab chiqarilishi loyihalashtirilgan maxsus avtomobillarni ko‘zdan kechirdi.
O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil yanvarda Germaniyaga rasmiy tashrifi chog‘ida «O‘zavtosanoat» AJ va «Volkswagen» konserni o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Unga muvofiq, Jizzax avtomobil zavodida 3 xil modifikatsiyadagi Volkswagen Caddy minivenini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yetti o‘rinli bu avtomobil turli sohalarga ixtisoslashtirish uchun juda mos keladi. Shuningdek, Isuzu zavodida ham qulay platforma mavjud. 

Ma’lumki, mamlakatimizda yengil avtomobillar, yuk mashinalari va maxsus texnikalar ishlab chiqarilib, aynan shu yo‘nalishdagi segment bo‘sh edi. Qo‘shni davlatlarda ham bunday avtomobillarga ehtiyoj bor.

Shu maqsadda tajriba tariqasida Volkswagen, Škoda va Isuzu liniyasida maxsus mashinalar namunalari tayyorlandi.

Shavkat Mirziyoyev bunday yangi yo‘nalish import o‘rnini to‘ldirish va eksportni kengaytirishda muhim ekanini ta’kidlab, kerakli ko‘rsatmalar berdi.

Ushbu mashinalar joriy yilning to‘rtinchi choragida Jizzax avtomobil zavodida yig‘ila boshlaydi. 2022 yildan ishlab chiqarishning to‘liq siklini o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан