Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezidentga poytaxt transport konsepsiyasi taqdim etildi
4.06.2020 21:57,  
373

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 iyun kuni Toshkent shahrining transport konsepsiyasi taqdimoti bilan tanishdi.

Bu konsepsiya geoinformatsion tizim orqali shahardagi transport va yo‘lovchilar oqimini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan. Undan maqsad, avvalo, xavfsizlik, qulaylik va iqtisodiy unumdorlikdir.

Masalan, yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkillashtirish natijasida yiliga 19 million dollarlik yoqilg‘i tejalishi, 129 million dollarlik taxminiy zararning oldi olinishi hisob-kitob qilingan. Yoki avtobuslar soni va yo‘nalishlarini optimallashtirish orqali yiliga 2,5 million dollar iqtisodiy samaraga erishish mumkin.

Konsepsiyada, shuningdek, avtomatik to‘lov tizimini rivojlantirish, avtomobil to‘xtash joylari va piyodalar o‘tish yo‘laklarini ko‘paytirish kabi qator qulayliklar nazarda tutilgan.

Prezidentimiz piyodalar va velosipedlar harakatiga ko‘proq sharoit yaratish zarurligini qayd etdi.

- Bizning yo‘llarda transport vositalariga ko‘p ustuvorlik berilgan. Aslida piyodalar harakatini, odamlarning halovati, salomatligini birinchi o‘ringa qo‘yish kerak, - deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Transport konsepsiyasini Toshkent shahrining bitta tumanida aprobatsiya qilish, keyinchalik butun poytaxtimiz va boshqa shaharlarda joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yakkasaroy tumanida ko‘p qavatli savdo kompleksi, mehmonxona va turar joy qurish bo‘yicha investitsiya loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан