Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezidentlikka ayol-nomzod o‘z dasturini e’lon qildi
6.09.2021 12:47,  
196

XDP delegatlari prezidentlik saylovi uchun Maqsuda Vorisova nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Dasturda 5 yil ichida kambag‘allarning ulushini kamida 2 barobar qisqartirish, boy va kambag‘al aholi guruhlari o‘rtasidagi farqni kamaytirish va boshqa vazifalar o‘rin olgan.

Ayni paytda Xalq demokratik partiyasining Qurultoyi o‘tkazilmoqda. Unda delegatlar XDPdan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisova nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

Qurultoyda Maqsuda Vorisova saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi. Unda 9 ta yo‘nalish bo‘yicha maqsad va vazifalar ilgari surildi. 

Unga ko‘ra, har bir oila o‘zining birlamchi hayotiy ehtiyojlarini qondirishi, qulay uy-joy, uzluksiz energiya ta’minoti, tabiiy gaz va ichimlik suvi, sifatli oziq-ovqat, zamonaviy ta’lim va malakali tibbiy xizmatdan foydalanishi uchun yetadigan daromad manbaiga ega bo‘lmog‘i kerak.

“Prezident saylovi kampaniyasida “Barchaga g‘amxo‘rlik – davlatning burchi”, degan bosh shior ostida g‘alaba uchun kurashamiz”, - dedi ayol-nomzod.

Quyidagilar Maqsuda Vorisovaning ustuvor vazifalari hisoblanadi:

—  Kelgusi 5 yillikda kambag‘al aholi qatlamlari ulushini kamida 2 barobar qisqartirish, 2030 yilga qadar fuqarolarning o‘ta kambag‘al holatda kun kechirishiga barham berish bo‘yicha choralarni ko‘rish zarur.
—  Strategik ahamiyatga ega korxonalarda davlat ulushini 50 foizdan kam bo‘lmagan holda saqlash, aholi ish o‘rinlari va daromadlarini kafolatlash, iqtisodiyotda muvozanatni ta’minlashga asos bo‘ladi.
—  Mamlakatda boy va kambag‘al aholi guruhlari o‘rtasidagi farq oshib bormoqda. Bugungi kunda ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib, aholining daromadiga qarab tabaqalashtirilgan soliq tizimini joriy etish juda dolzarb masaladir. Mamlakatdagi iqtisodiy resurslar bir hovuch odamlar qo‘lida to‘planib qolishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu resurslarda har bir fuqaroning haqqi, ulushi bor. Dasturimda bu yo‘nalishda “Iqtisodiy resurslar – barcha uchun!” degan qat’iy pozitsiyani ilgari suraman! “Ijtimoiy ahamiyatga molik tovar va xizmatlar narxlari hamda tariflari belgilangan me’yorlardan oshib ketmasligi zarur. 
—  Olis va chekka hududlarda o‘qituvchilarga ehtiyojni qoplash uchun “Qishloq o‘qituvchisi” dasturi amalga oshiriladi. Mutaxassislarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi qonunchilik asosida mustahkamlanadi.
—  O‘zbekistonning xalqaro mavqeini mustahkamlash, boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatdorlik va teng huquqlilik asosida hamkorlik va sherikchilikni faol rivojlantirish, yaxshi qo‘shnichilik, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashabbuskor xalqaro siyosat yuritish tarafdorimiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан