Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezidentning Farg‘onadagi mahallaga kutilmagan tashrifi haqida yangi lavhalar e’lon qilindi
8.02.2021 09:37,  
1101

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga safari doirasida Farg‘ona shahridagi «Shodiyona» mahallasiga kutilmagan tashrif bilan bordi. 

«Maxsus rakurs» ko‘rsatuvida xabar qilinishicha, voqealar rivoji bunday tus olishini kutmagan, undan sarosimaga tushib qolgan shahar hokimligi vakillari prezidentni shu atrofda barpo bo‘lgan yangi monomarkazga taklif qilgan. Davlat rahbari bu taklifni qat’iyan rad etgan va mahalla bo‘ylab piyoda yurib, odamlar holidan xabar olgan.

Prezident mahallani kezib, belgilangan manzil tomon eltuvchi yo‘nalishni hamroh rahbarlardan emas, balki shu yerda yashovchi odamlardan so‘rab olgan. Davlat rahbari yo‘nalishni to‘g‘ri odamlar yig‘ilib turgan ko‘p qavatli uyning ostonasiga burgan, xavfsizlik xizmati esa shoshilgancha hammaga yuz niqoblarini kiydirgan. 

«Farg‘onaga bugun yangi hokim qo‘ydik. Ko‘p rejalarni ko‘rdik. «Mahallabay» ishlash tizimini joriy qilmoqchimiz. Mahallada qanday ishlaymiz, nimalar qilamiz, mana shularga e’tibor beryapmiz. «Shodiyona» mahallasining ham ertangi kuni, yo‘llarning asfalti, elektr energiyasi, gazi - shularni boshqacha tarzda qilmoqchimiz. Shuning uchun o‘zim aylanib yuribman», - dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан