Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada 18 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘ygan prorektor ushlandi
5.03.2020 16:55,  
862

Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan Farg‘ona Davlat Universitetida kirish imtihonlari natijalari soxtalashtirilganligi holati yuzasidan JKning 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinov xabar berdi.

Tergovda aniqlanishicha, Farg‘ona Davlat Universiteti prorektori A.A. 2019-2020 o‘quv yili uchun “Jismoniy madaniyat” imtihon komissiyasining mas’ul kotibi etib tayinlanib, 2019 yil iyul oyida o‘tkazilgan “Jismoniy madaniyat” fakultetiga kirish imtihonlari jarayonida komissiyaning boshqa a’zolari bilan jami 18 nafar abituriyentlarning imtihon natijalarini sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatib, soxtalashtirishlari natijasida ushbu abituriyentlar oliy ta’lim muassasiga o‘qishga qabul qilingan.

04.03.2020 yilda shahar prokuraturasi tomonidan Universitet prorektoriga nisbatan JKning 205-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilindi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан