Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pul o‘tkazmalarida jiddiy kamayishlar kutilyapti — Jahon banki
24.04.2020 05:33,  
218

Covid-19 pandemiyasi hamda karantin qoidalari tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz natijasida butun dunyo bo‘ylab pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 20 %ga pasayadi. Bu haqda Jahon bankining yangilangan hisobotida ma’lum qilindi.

So‘nggi yillarda ushbu sezilarli pasayish, asosan, mehnat muhojirlari ish haqining pasayishi va ishdan mahrum bo‘lishlari bilan bog‘liq, chunki ular ishlovchi mamlakatlarda iqtisodiy inqiroz davrida ular ish haqining pasayishi kutilyapti, deydi ekspertlar.

Kam va o‘rtacha daromadli mamlakatlarga (NSDP) pul o‘tkazmalari 19,7 foizga pasayib, 445 milliard dollargacha kamayishi kutilmoqda, bu esa ko‘plab zaif uy xo‘jaliklarining moliyaviy manbadan mahrum bo‘lishiga olib keladi.

Jahon banki pul o‘tkazmalarining aksariyati Yevropa va Markaziy Osiyoda pasayishini kutmoqda (27,5%), undan keyin Sahroi Kabirdan janubda joylashgan Afrika mintaqasi (23,1%), Janubiy Osiyo (22,1%), Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (19,6%), Lotin Amerikasi va Karib dengizi (19,3%) hamda Sharqiy Osiyo va Tinch okeani (13%).

Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga pul o‘tkazmalari hajmi deyarli 6 foizga o‘sdi va 65 milliard dollarga etdi, ammo global koronavirus pandemiyasi va neft narxlarining pasayishi natijasida keskin kamayadi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Rossiyadan pul o‘tkazmalariga yuqori darajada bog‘liqlik salbiy tashqi omillarning Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан