Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putin: "Angela Merkel bilan o‘rtamizda chin ishbilarmonlik munosabatlari o‘rnatilgandi, men buni juda qadrlayman"
5.06.2021 19:47,  
188

Germaniya kansleri Angela Merkel tez orada lavozimidan ketishiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z munosabatini bildirdi.

Putin o‘zi va Merkel o‘rtasida yaxshi ishbilarmonlik munosabatlari o‘rnatilganini aytarkan, hamkasbini sog‘inishini alohida ta’kidladi.

«Albatta. Uning o‘rniga kim kelishini bilmayman. Angela bilan o‘rtamizda chin ishbilarmonlik munosabatlari o‘rnatilgandi, men buni juda qadrlayman», — dedi rus prezidenti Peterburg halqaro iqtisodiy forumida.

Putin Merkelning o‘z pozitsiyasini himoya qilish qobiliyati, to‘g‘riligi, ishonchliligi kabi xislatlarini yodga oldi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya kansleri Angela Merkel 2005 yil noyabridan beri shu lavozimda faoliyat yuritib keladi. Bundestagga navbatdagi saylovlardan so‘ng (2021 yil, sentyabr) u katta siyosat bilan xayrlashishini ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан