Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putin farmoni migrantlar uchun haqiqiy amnistiya bo‘ldi – Kojenov
16.06.2021 15:44,  
540

Rossiya migrantlar federatsiyasi rahbari Vadim Kojenov RF yetakchisi imzolagan yangi farmon chet elliklar uchun nimani anglatishini sodda tilda tushuntirib berdi.

Migrantlar uyushmasi rahbariga ko‘ra, bu farmonni migrantlar uchun haqiqiy amnistiya.

"2021 yil 30 sentyabrgacha mamlakatdan chiqarib yuborish, deportatsiya qilish yoki kirishga taqiq to‘g‘risida qarorlar qabul qilinmaydi. Bu farmonda aniq ko‘rsatilgan. Agar migrant ushlansa, jarima bo‘ladi. Ikkinchi masala: 30 sentyabrgacha oddiy shakldagi ariza bilan migratsiya bo‘limiga kelib, o‘z maqomini qonuniylashtirish mumkin", - deydi ekspert.

Deportatsiya qilish taqiqlanganligi sababli, chet el fuqarosi, hatto Rossiyada ko‘p yillar davomida noqonuniy yashagan bo‘lsa ham, unga jarima qog‘ozi beriladi, ammo baribir migratsiya hisobiga qo‘yiladi, deydi Kojenov.

RMF rahbari barcha noqonuniy migrantlarni o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga chaqirdi, chunki, ehtimol, migrantlar uchun bunday yengillik uzoq davom etmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан