Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putin va Bayden qachon va qayerda uchrashishi aniq bo‘ldi
26.05.2021 08:08,  
485

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden joriy yilning 16 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida uchrashadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tomonlar Rossiya-Amerika munosabatlarining holati va rivojlanish istiqbollarini, shuningdek, strategik barqarorlik va xalqaro kun tartibidagi masalalarni, shu jumladan, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va mintaqaviy mojarolarni hal qilishda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuv haqidagi ma’lumotlar Oq uy tomonidan ham tasdiqlandi.

«Rahbarlar dolzarb muammolarning barcha turlarini muhokama qiladilar, chunki biz AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda barqarorlikni tiklashga intilamiz», deyiladi Oq uy bayonotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан