Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Baydenning tor doiradagi muzokaralari yakunlandi
17.06.2021 08:24,  
276

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Baydenning tor doiradagi muzokaralari yakunlandi. Ikki soat davom etgan suhbat rejalashtirilgan muddatdan yarim soat oshib ketdi, deb yozadi «RBK».

Xabarga ko‘ra, tor doiradagi muzokaralarda prezidentlardan tashqari AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham ishtirok etdi.

Ilgari e’lon qilingan muzokaralar rejasiga ko‘ra, endi ikki davlat rahbari o‘rtasida kengaytirilgan suhbat bo‘lib o‘tishi kerak. Undan keyingi qisqa tanaffusdan so‘ng muzokaralar davom etadi. Dastlab sammit, taxminan, to‘rt-besh soatga mo‘ljallangan edi.

CNN xabariga ko‘ra, Amerika delegatsiyasining kengaytirilgan tarkibiga prezidentning Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan, davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland, shuningdek, Milliy xavfsizlik kengashining Rossiya bo‘yicha maslahatchilari kiritilgan. Shuningdek, AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan Amerika siyosatchilariga qo‘shilishi kutilmoqda.

Rossiya delegatsiyasi tarkibiga esa Lavrovdan tashqari prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov va prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov, bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Ryabkov, prezident ma’muriyati apparati rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozak hamda Suriyadagi maxsus vakil Aleksandr Lavrentiyev kiritilgan.

Muzokaralar yakunlangach, prezidentlarning har biri alohida matbuot anjumani o‘tkazadi. Kreml rahbarlar sammitdan keyin hech qanday kelishuv imzolamasligini xabar qilgan.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Putin va Baydenning uchrashuvidan katta yutuq kutmaslikka chaqirgan edi. O‘z navbatida Oq uy Bayden va Putinning bo‘lajak uchrashuvi birinchi navbatda AQSh manfaatlarini himoya qilish uchun zarurligini ma’lum qilgan. Oq uy vakilining so‘zlariga ko‘ra, Vashington va Moskva ko‘plab masalalarni hal qilishi kerak. Bayden Amerika pozitsiyasini AQShning boshqa rasmiylariga qaraganda yaxshiroq yetkazadi.

Unga qadar Jo Baydenning o‘zi Vladimir Putin bilan uchrashuvda Vashington unga inson huquqlarini buzishga yo‘l qo‘ymasligini bildirib qo‘ymoqchiligini aytgandi.

Uchrashuvdan bir necha kun oldin, Putin sammitning eng muhim vazifalaridan biri sifatida shaxsiy aloqalarni tiklash, Amerika ma’muriyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni o‘rnatish, Rossiya va AQSh uchun o‘zaro manfaatlarni ifodalovchi sohalarda ishlaydigan mexanizmlarni yaratish ekanini aytgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан