Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qamaldagi insoniyat
29.03.2020 09:48,  
798

Allohning ko‘zlar ilg‘ay olmaydigan Lashkari Yer yuzini zabt etdi. Najot - Allohga taslim bo‘lishdir. Istig‘for bayrog‘ini ko‘tarmoq lozim - qalbda tavba qal’asini bunyod etib, uning minoralariga "Astag‘firulloh" yalovini qadamoq shart.

O‘lim mo‘min uchun oxirat diyoriga ochilgan eshikdir. Iymon sohibining bir qo‘li doimo shu eshikning halqasini tutgan, shuning uchun u hamisha Robbisiga yuzlashmoq tadorigida. 

Allohning nigohlardan yashirin Qo‘shini mo‘min  nazdida ham nusrat va najot, ham buyuk Qahr va "Ogoh bo‘l!" hayqirig‘idir. Shu tufaylidan ham Iymon Egasi qalbdagi qo‘rqinchi va umidini do‘st bilgay.

Riyo, ujb, suma’ va kibr xirmonini yoqib kul et. Bu kulni nadomat ashki ila aralashtir va u bilan nafsni pokla.

Odamlarning maqtovi, hayrat va olqishlarini tark et. Robbing ila tanho qol. Allohning qudrati, rahmati va hikmati qarshisida tafakkurga g‘arq bo‘l, topganing - tahayyur mash’alini joynamozing yoritgichi qil. 

Shoyad, tosh kabi qotgan qalbing mumdek erisa, mazlumlarning hovuchda tutgan jonlari faryodini bir bora tinglay olsang!.. 

Marhamating quyoshi porlab, himmating tunini tongga evriltirsayding!..

Dunyo va odamlarga zanjirlangan qalbing ulardan uzilib, Robbingga bog‘lansayu, g‘aflat pardalari ko‘tarilib, haqiqat olamini idrok aylasang!..

Allohim, biz o‘zimizga zulm etdik, Sen bizga rahm et, bizni rushdi hidoyatingga yo‘lla!..

Amiyn! 

2020 yil, 28 mart

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан