Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qarovsiz qoldirilgan "Damas" mashinasi tunab ketildi
27.02.2021 22:58,  
174

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati axborotiga ko‘ra: Shu yil 25 fevral kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 24 fevral kuniga o‘tar kechasi, o‘ziga tegishli bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasini Chortoq tuman markaziy shifoxonasi hovlisida eshiklarini ochiq holda qarovsiz qoldirib ketganligidan foydalangan noma’lum shaxs, avtomashinani umumiy narxi 400.000 so‘mlik 4 dona g‘ildirak kalpaklari va narxi 900.000 so‘mlik “Pioner” rusumli magnitafonini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Chortoq tuman IIB HPB TP profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chortoq tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro va 1999 yilda tug‘ilgan mahalladoshi tomonidan sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Churtoq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан