Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qarshidan Moskvaga uchayotgan samolyotning dvigateli ishlamay qoldi
6.06.2021 11:34,  
1151

Kecha, 5 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Moskva-Qarshi-Moskva» yo‘nalishi bo‘yicha parvozning kechikkani va yo‘lovchilar issiqda samolyot ichida bir necha soat o‘tirgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lum qilinishicha, samolyot Rossiyaning «Royal Flight» aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan. U 5 iyun kuni soat 15:30 parvoz qilishi lozim edi. Yo‘lovchilar bortga chiqarilgandan so‘ng, samolyot dvigatellari ishlamay qolgan. Bunga ob-havo sharoiti, ya’ni havo haroratining 44°dan yuqori bo‘lishi sabab bo‘lgan. Oqibatda yo‘lovchilar bir necha soat issiqda qolib ketgan.

Shundan so‘ng, ushbu parvozni tungi vaqtda amalga oshirish qarori qabul qilinib, yo‘lovchilar bortni tark etishgan. Yo‘lovchilarning sog‘lig‘i yomonlashgani haqida xabar kelib tushmagan. Samolyot 6 iyun kuni soat 04:54 da Moskvaga uchgan. 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан