Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qarshilik 35 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi
24.07.2020 23:39,  
437

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 35 yoshli U.Yu. (ayol)da 14 iyul kuni isitma, hansirash va havo yetishmasligi kabi shikoyatlari dinamikada kuchayganligi sababli Qarshi shahar tug‘ruq kompleksining ginekologiya bo‘limiga og‘ir ahvolda olib kelingan.

Bemor infeksionist ko‘rigidan so‘ng “COVID-19”ga shubha qilinib, viloyat pulmonologiya va ftiziatriya markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.  

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. 

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Ammo bemorning ahvoli keskin yomonlasha boshlagan va intubatsiya qilingan, o‘pka-yurak reanimatsiyasi  o‘tkazilgan. 

Mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан