Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryo hokimligi pandemiya davrida vafot etgan 27 nafar tibbiyot xodimining ism-shariflarini e’lon qildi
9.11.2020 03:36,  
320

Pandemiya davrida vafot etgan 27 nafar tibbiyot xodimi — 21 nafar shifokor va 6 nafar hamshiraning oilalariga bir martalik yordam pullari yetkazilgan. Xabar berishlaricha, vafot etgan shifokorlarning oilalariga 10 million so‘mdan, hamshiralarning oilalariga esa 5 million so‘mdan yordam puli berilgan.

«Insonlar salomatligi yo‘lida jonlarini fido qilgan shifokor va hamshiralarimizning oila a’zolariga ajratilagan bir martalik yordam pullari bugunni o‘zida yetkaziladi», — deya ta’kidlagan Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev.

Ro‘yxatda ismi keltirilganlarning aynan qaysi sanada vafot etgani ma’lum qilinmagan. Biroq, «Gazeta.uz»ning aniqlik kiritishicha, 2020 yilda vafot etgan tibbiyot xodimlari xotirasiga bag‘ishlangan, ularning ismlari va suratlari e’lon qilib borilayotgan «Fidokorlar» Telegram-kanalida Qashqadaryo hokimligi e’lon qilgan ro‘yxatdagi ism-familiyalarni ham uchratish mumkin.

Qashqadaryo viloyatida 2020 yilgi pandemiya davrida vafot etgan tibbiyot xodimlari

1. Nurmatov Sherali Nazarovich — viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri. «Fidokorlar» kanali u haqda 22 avgust kuni yozgan (bu o‘lim sanasi emas, balki kanalda marhum haqida ma’lumot berilgan sana).

2. Muzaffarov Raul Kamolovich — viloyat Sanitariya-epedimiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati epedimiologiya bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri. 14 sentyabr.

3. Ko‘charov Xo‘ja Umarovich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali toksikologiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri. 21 oktyabr.

4. Yoqubov Kengboy Ibrohimovich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali rentgenolog shifokori bo‘lib ishlagan. Koson tumani. 14 avgust.

5. Boymurodov Xanjar Bohorovich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali neyroxirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri. 21 oktyabr.

6. Imomov Bo‘ron Bo‘riyevich — viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yiringli xirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. Qarshi tumani. 3 sentyabr.

7. Vazirov Bekmurod Ma’diyevich — viloyat 1-son asab-ruhiy kasalliklar dispanseri 6-psixiatriya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri. 18 avgust.

8. Abirahmatov Parda Hayitovich — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi «Qovchin» QVP umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.

9. Rahimov Sayfulla Karimovich — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ShTYo xirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani. 1 oktyabr.

10. Ko‘chimova Setora Eraliyevna — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ShTYo terapiya bo‘limi hamshirasi bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani. 25 sentyabr.

11. Elmurodova Elnora Nuriddin qizi — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ShTYo xirurgiya bo‘limi hamshirasi bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.

12. Toshpo‘latova Saodat Tojiyevna — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi hamshirasi bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.

13. Chaqqonova Barno Muhiddinovna — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ShTYo terapiya bo‘limi orastabonusi bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.

14. Ismatova Mahbuba O‘rinovna — Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan. Qarshi tumani. 14 avgust.

15. Omonova Navbahor Rahmatullayevna — Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi 57-qishloq oilaviy poliklinikasi akusher-ginekolog shifokori bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri. 14 avgust.

16. Xudoyberdiyeva Dilbar Rahmonovna — Qarshi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi immunolog vrachi bo‘lib ishlagan. Qarshi tumani. 15 avgust.

17. Jo‘rayev Bahodir Kenjayevich — Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi 52-qishloq oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan. Qarshi tumani.

18. Qo‘shoqov Husan Pardayevich — Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Dehqonobod tumani.

19. Saodatov Bobomurod Qahhorovich — Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi 3-son qishloq oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi bo‘lib ishlagan. Dehqonobod tumani.

20. Utanov Qulmuhammad — Dehqonobod ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi teri-tanosil kasalliklari shifokori bo‘lib ishlagan. Dehqonobod tumani.

21. Ibrohimov Ashur Rahmatullayevich — Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi 51-son qishloq oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi bo‘lib ishlagan. Qamashi tumani. 17 avgust.

22. Suyunov Baxtiyor Turdiyevich — Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi TTYo bo‘limi vrachi bo‘lib ishlagan. Qamashi tumani.

23. Xidirova Hadicha Nazarovna — Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi ginekologiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Qamashi tumani. 15 oktyabr.

24. Nazarov Mamayoqub Usmonovich — Kitob tuman tibbiyot birlashmasi reanimatolog shifokori bo‘lib ishlagan. Kitob tumani. 30 sentyabr.

25. Ashurov To‘lqin Abdullayevich — Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri. 31 avgust.

26. Ismoilova Shoira Negmatovna — Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi akusher-ginekolog shifokori bo‘lib ishlagan. Shahrisabz shahri. 13 oktyabr.

27. Fayziyev Shukrullo — Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi pediator shifokori bo‘lib ishlagan. Shahrisabz tumani. 6 oktyabr.

«Shifokorlik kasbini yoshligidan sevib, tibbiyot oliygohlarida o‘qib, umrini shu kasbga bag‘ishlagan va pandemiya paytida vafot etgan yuqoridagi vohadoshlarimiz orasida 1995—1985 yillarda tug‘ilgan hamda yarim umrini shu sohaning sir-asrorlarini o‘rganishga bag‘ishlab, endigina turmush qurgan yoki faoliyatini endi boshlaganlari ham bor edi. Afsus... Ularning jasorati va fidoyiligi qalblarimizda mangu yashaydi», — deydi Qashqadaryo viloyati hokimi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatidan «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishlaricha, nomlari yuqorida keltirib o‘tilgan tibbiyot xodimlari orasida nafaqat koronavirusdan, balki yondosh kasalliklar, pnevmoniya asoratlari oqibatida vafot etganlar ham bor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан