Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda 25 yoshli yigit o‘ldirib ketilgan
26.06.2021 21:58,  
575

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi «Langar» MFY To‘laqul qishlog‘ida 1996 yilda tug‘ilgan Norxo‘jayev Jaloliddinning pichoqlangan murdasi topilgan. Bu haqda Kun.uz  xabar bermoqda.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, marhum yigit mahalliy san’atkor hamda shu qishloqni chekkasida do‘kon yuritgan. 25 iyun kuni kechgi 23:00larda ko‘rganlar bor.

Murda 26 iyun kuni, ertalab soat 8-9lar atrofida uyi yaqinida topilgani aytilmoqda. Ko‘krak qismiga bir necha marta o‘tkir jism - pichoq bilan jarohatlangan. Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, bolani cho‘ntagida pullari turgan, telefoni va jinoyat quroli topilmagan.

Hozircha huquq-tartibot organlari bu bo‘yicha hech qanday munosabat bildirmadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан