Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda 6 nafar hokim o‘rinbosari tayinlandi
29.05.2021 17:59,  
249

Hududlarda 6 nafar hokim o‘rinbosarlari ish boshladi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

1. Usmonov Ulug‘bek Mamarasulovich - Dehqonobod tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi.

Bugungacha Dehqonobod tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri.

2. Xudayqulov Laziz Eshquvatovich - G‘uzor tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi.

Bugungacha Muborak tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i.

3. Nazarov Xamza Quvvatovich - Koson tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi.

Bugungacha Qashqadaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining Qishloq xo‘jaligi sohasida moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i.

4. Salimov Ilhom Shodmonovich - Koson tumani hokimining o‘rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi.

Bugungacha Koson tumani byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i.

5. Bokulov Javlon Alisherovich - Qarshi shahar hokimining o‘rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi.

Bugungacha «Neftegazmineral» MChJ boshqaruvi raisi.

6. Abduraxmonova Feruzabonu Abduraxman qizi - Shahrisabz tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан