Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda erkak o‘z onasini bolta bilan o‘ldirdi
19.07.2021 09:39,  
395

Qashqadaryo viloyati Koson tumani «Yuqori Obron» mahallasida yashovchi E.Sh o‘z onasining qotiliga aylandi.

«Nasafnews»ga ma’lum bo‘lishicha, Koson tumani «Yuqori Obron» mahallasida yashovchi 1975 yilda tug‘ilgan erkak E.Sh. 10 iyul kuni 1947 yilda tug‘ilgan keksa onasi M.B.ni bolta bilan urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda erkakning onasi vafot etgan.

Qashqadaryo viloyat IIB ma’lumotida aytilishicha, erkak 2003 yildan buyon “Shizofreniya” kasalligi bilan hisobda turgan.

Marhuma M.B. farzandi E.Sh.ni bir necha bor davolatgani, jumladan, 2021 yil 6 iyun kuni uni viloyat Asab-ruhiy kasalliklar dispanserida davolatib, uyiga olib kelgan.

Ammo uning xatti-harakatlarini biriktirilgan oilaviy poliklinika patronaj guruhi mas’ullari tomonidan doimiy nazorat tartibida o‘rganilmagan.

Holat yuzasidan Koson tuman prokuraturasi tomonidan E.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан