Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda Lacetti 50 metr pastlikka quladi, uch kishi vafot etgan
19.02.2021 09:03,  
474

Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida Lacetti haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida mashina 50 metr pastlikka quladi. Bu haqda tuman IIBga asoslanib «Daryo» ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Lacetti ishtirokidagi YTH 16 fevral, seshanba kuni soat 04:00 da sodir bo‘lgan.

«Tumanning ‘Yashnobod’ mahallasi hududidan o‘tuvchi Olmaota—Toshkent—Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining 1299-kilometrida tonggi 04:00 da G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Lacetti beton to‘siqqa urilib, uni chetga surib tashlab, 50 metr pastlikka qulagan. Oqibatda mashina yo‘lovchilaridan uch nafari voqea joyida vafot etgan. Haydovchi va bir nafar yo‘lovchi esa tuman shifoxonasiga yotqizilgan», — deydi Dilshod Mirzayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан