Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda nima gaplar? Aholi 18 soatlab elektrsiz qolmoqda
28.01.2021 10:26,  
129

Qashqadaryo viloyatining Qamashi, Yakkabog‘, Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, Gʻuzor, Nishon tumanlari va Shahrisabz shahrida elektr ta’minotida 16-18 soatgacha, qolgan tumanlarda esa 8-10 soatgacha ham uzilishlar sodir bo‘lmoqda. Bu haqida “Daryo”ga “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, yagona energetika tizimida quvvat tanqisligi yuzaga kelganligi sababli tizimda turg‘un ish rejimini saqlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarning oldini olish maqsadida «Milliy elektr tarmoqlari» AJga qarashli dispetcherlik xizmatlari tomonidan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida elektr energiyani cheklash va avariyaga qarshi avtomatika tizimlar ishga tushirilmoqda.

“Xususan Yakkabog‘-2 yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini deyarli muntazam ravishda cheklashga o‘chirilishi natijasida ichimlik suvi ta’minoti tizimiga qarashli nasos stansiyalarini elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoni bo‘lmayapti. Bu esa o‘z navbatida viloyatimiz hududlarida ichimlik suvi ta’minotida ham uzilishlarni keltirib chiqarmoqda.

“Milliy elektr tarmoqlari” AJga qarashli dispetcherlik xizmatlari tomonidan cheklashga o‘chirilishi yoki avtomatika tizimlari ishlashi oqibatida elektr ta’minotida cheklovlar kuzatilayotgani hamda uning sabablari yuzasidan OAV orqali izoh berib borish bilan bir qatorda elektr ta’minoti bo‘yicha bildirilayotgan e’tiroz va noroziliklarni bartaraf etish maqsadida elektr energiyasi yetkazib berishning sutkalik topshirig‘ini oshirishga amaliy yordam so‘rab mutasaddi tashkilotlarga murojaat etib kelinmoqda”, deyiladi mas’ul tashkilot axborotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi shahrining ayrim hududlari olti soatlab elektrsiz qolayotgani xabar berilgandi. Shundan so‘ng, viloyat hokimi tizimdagi muammolarni bartaraf etishni so‘rab Bosh vazirga murojaat qildi. Bosh vazir vaziyat ikki kunda o‘nglanishini bildirdi. Shundan keyin ham Qashqadaryoda elektr uzilishlari davom etdi va hududda suv ta’minoti ham to‘xtab qoldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан