Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda ovchilar 10 ga yaqin kaklikni o‘ldirdi
25.04.2020 09:39,  
648

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqarolar joriy yil 1 fevraldan ov mavsumi to‘xtatilgan bo‘lishiga qaramay noqonuniy ravishda kaklik ovlab, tabiatga 2 million 676 ming so‘m zarar keltirdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati rahbari Karima Yodgorova ma’lum qildi.

Boshqarma xodimlari tomonidan joriy yil 21 aprel kuni o‘tkazilgan tekshiruv natijasida Yakkabog‘ tumanining Tatar va Turon qishloqlarida yashovchi fuqarolar Z.I.,T.A. va R.A.lar Qashqadaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi Qiziltom o‘rmon bo‘limi “Zarmas” uchastkasida o‘zlariga tegishli 16 dona taqiqlangan tuzoq bilan 12 bosh kaklik ovlayotgan payt qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, 12 dona kaklikning to‘rttasi tabiat qo‘yniga uchirib yuborilgan, qolganlari (nobud bo‘lgani) esa ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Tabiatga zarar keltirganlar ishi hujjatlashtirilib, sudga taqdim etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан