Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda velosipedda ketayotgan bobo va nabira vafot etdi
30.06.2021 17:21,  
236

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida velosipedda ketayotgan bobo va nabira vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 23 iyun kuni soat 17:30larda Kitob tumanidan o‘tuvchi 4K 271 avtomobil yo‘lining 9-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

Mazkur yo‘lda harakatlanib kelayotgan «Nexia» haydovchisi ehtiyotsizlik qilib velosipedda ketayotgan shaxs va uning nabirasini urib yuborgan. Oqibatda, bobo va uning voyaga yetmagan nabirasi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Kitob tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан