Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda soxta DXX xodimi ushlandi
2.06.2020 09:31,  
387

Qarshi shahrida soxta DXX xodimi - fuqaro Furqat Ochilov Nishon tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektoridan 200 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, F.Ochilov profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini DXX xodimi deya tanishtiradi va unga nisbatan Nishon tumanidagi dehqon bozori hamda tuman xokimligi oldidagi 2 ta holat bo‘yicha videoyozuv borligini aytib, aldaydi. Agarda 200 AQSh dollari bersa go‘yoki profilaktika inspektorining noqonuniy xatti-harakatlari tasvirlangan ushbu videoyozuvlar bilan bog‘liq muammoni hal qilib berishini bildiradi.

Tezkor tadbirda Kitob tumanida tug‘ilgan F.Ochilovning yonidan DXX Chegara qo‘shinlarining soxta guvohnomasi va bir nechta fuqarolarning pasport nusxalari hamda fotosuratlari topildi. Shuningdek, u vaqtinchalik yashab kelgan Nishon tumani «Ulug‘bek» MFYdagi uydan leytenant unvonidagi DXXning harbiy kiyimi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur fuqaro muqaddam firibgarlikda ayblangan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан