Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda unashtirilgan yigit va qiz asossiz IIB binosiga olib kelindi va pul talab qilindi. Ish prokuraturaga oshirilgan
4.06.2021 11:36,  
2173

Internet ijtimoiy tarmoqlarida Qashqadaryo viloyatida unashtirilgan yigit va qizni asossiz ushlab turilgani haqida video tarqaldi. Holatga Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmati oydinlik kiritdi. 

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 8 aprel kuni Koson tumanidagi “Do‘stlik” mahallasi hududida fuqaro G‘.A unashtirilgan qizi O.H bilan “Kobalt” rusumli avtomashinada o‘zaro suhbatlashib o‘tirganda, katta leytenant I.Fayzullayev hamkasbi katta leytenant F.Astanov bilan birga G‘.Ani avtomashinasini asossiz va hech qanday hujjatlarsiz jarima maydoniga kiritib, O.Hni yengil tabiatli ayol sifatida ro‘yxatga olishni bildirib, dastlab tuman tibbiyot birlashmasidan tan jarohati bor yoki yo‘qligi haqida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, so‘ngra tuman IIBga olib borishgan.

Qashqadaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan I.Fayzullayev va F.Astanovlar sodir qilgan mazkur salbiy holat aniqlanib, ulardan fuqarolar G‘.A.va uning unashtirilgan qizi O.Hni nima sabab tuman IIBga olib kelib, ushlab  utirganligi so‘ralganda, ular tomonidan hech qanday asoslantiruvchi xujjatlar taqdim etilmagan.

Holat yuzasidan ma’sul xodimlar tomonidan katta leytenant I.Fayzullayev va  katta leytenant F.Astanovlardan tushuntirish xati olib bo‘lingandan so‘ng, ular tomonidan holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirishga harakat qilinib, bildirgi yozishib ro‘yxatdan o‘tkazishga erishishgan.

Ma’sul xodimlar tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi davomida I.Fayzullayev va F.Astanovlar fuqarolar G‘.A. va O.Hlarning mazkur mahallada yashashligi, ularning shaxsi va yashash manzili aniq bo‘lishiga qaramasdan, 4 soat davomida ushlab o‘tirgan bo‘lsada,  ularga nisbatan hech qanday hujjat rasmiylashtirmasdan, fuqaro G‘.Adan 4.900.000 so‘m miqdorda pul olib kelishini talab qilib, uning yonida bo‘lgan “Samsung” rusumli qo‘l telefoni va 200.000 so‘m pullarini olib, avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarishga ruxsat berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, katta leytenant I.Fayzullayev va katta leytenant F.Astanovlar IIO safidan bo‘shatilgan va ularning harakatiga qonuniy baho berish uchun to‘plangan xujjatlar Koson tuman prokraturasiga yuborilgan.

Shuni ma’lum qilamizki Ichki ishlar organlari tizimiga adashib kirib qolgan xodimlarni tizimdan tozalash ishlari tizimli tarzda davom ettirilmoqda. 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан