Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda yoshlar yetakchisi o‘zini osib qo‘ydi
17.04.2022 18:55,  
400

Voqeaga qarz munosabati sabab bo‘lgani aytilmoqda.

"Zamon.uz" nashri bu haqda xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 13 aprel kuni tahminan soat 20:00 atrofida  G‘uzor tumani “Sovbog‘” mahallasida yashovchi 37 yoshli erkak yashash uyining oldidagi hududga arqon bilan o‘zini osib, voqea joyida vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhum erkak tumandagi mahallalarning birida yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritgan. Hozirda uning nima uchun o‘z joniga qasd qilgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ammo marhumni taniganlar bu holatga qarz munosabatlari sabab bo‘lganini aytmoqda.

Hozirda G‘uzor tumani prokuraturasi ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borayotgani aytiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан