Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryodagi GTL zavodida bezorilik qilgan ishchilar 480 million so‘mlik zarar yetkazgan
3.11.2020 13:53,  
477

Ta’kidlanishicha, zavodda o‘rnatilgan tartib-qoidadan norozi bo‘lganlarga nisbatan viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi «v» bandi (Ko‘p miqdordagi mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) va 277-moddasi 2-qismi «b», «v», «e» bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan; sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab; ko‘p miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, to‘polon paytida ishchilar eshik va deraza romlarining oynalarini tosh va temir jismlar bilan urib sindirgan, ularni yaroqsiz holatga keltirgan. Xodimlarning xizmat xonalariga kirib 19 turdagi 14 million 320 ming so‘mlik kuzatuv kameralari, 9 dona har xil turdagi 4 million 365 ming so‘mlik yozuv stollari, 27 million 777 ming so‘mlik konditsionerga, korxonaning umumiy hisobda 480 million so‘mlik mol-mulkiga shikast yetkazgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joy viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tergovchilari tomonidan ko‘zdan kechirilgan, ishga aloqador bo‘lgan ishchilar jinoyat ishi doirasida guvoh tariqasida jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlar va Telegram’dagi ommabop kanallarda 21 oktyabr kuni Enter Engineering kompaniyasining Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi ob’yektlaridan biridagi ishchilarning noroziligi aks etgan videoyozuvlar tarqalgan. Bu holatni izohlagan Enter Engineering kompaniyasi matbuot xizmati ishchilar noroziligiga nonushta o‘z vaqtida berilmagani sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Energetika vazirligi Uzbekistan GTL’dagi vaziyat barqarorlashganini, barcha muammo va masalalar joyida ijobiy hal etilganini xabar berdi. Zavod mas’uli Shuhrat Arziyev esa OAV vakillari bilan muloqotda Uzbekistan GTL zavodi qurilishidagi ishchilarining ommaviy noroziligiga ularning ish kuni ko‘payib, dam olish kuni o‘zgarishsiz qolgani ham sabab bo‘lganini ochiqladi. Mazkur holatga batafsil javob berishni niyat qilgan Energetika vazirligi 24 oktyabr kuni jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil qildi.

Press-turda Uzbekistan GTL bosh direktori Faxriddin Abdurasulov «Bu holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganiladi. Biz oldindan biror gap aytolmaymiz. Ammo davlatimiz qonunchiligi bo‘yicha holat o‘rganilib, bizga xulosa beriladi. Shundan so‘ng bu haqda biror nima deyishimiz mumkin», — degandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан