Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryodagi maktablarda Islom Karimov byusti uchun majburiy pul yig‘ilgani haqida xabarlar tarqaldi.
25.01.2021 09:31,  
174

Qashqadaryodagi maktablarda Islom Karimov byusti uchun majburiy pul yig‘ilgani haqida xabarlar tarqaldi.Unda aytilishicha, maktab direktori hokimlikdan Islom Karimov byustini ko‘tarib kelib, uning narxi 450 ming so‘m ekanligini aytgan va har bir xodim 10 ming so‘mdan yig‘ib berishini so‘ragan. Shundoq ham pandemiyada qiynalgan o‘qituvchilar majburan pul yig‘ishlar jonlariga tegganini bildirgan.Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bu xabarlarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish hamda kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha tayyorlangan byustlarni viloyatdagi idora, korxona, tashkilot va muassasalarga hamda shahar va tumanlar hokimlarga yetkazib berish to‘g‘risida taklifiy taqsimot jadvaliga ko‘ra, viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga 200 dona taqsimot qilingan.

Ushbu byustlar viloyat xalq ta’limi boshqarmasining ichki taqsimoti asosida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga taqsimlab berilgan. Jumladan, Chiroqchi tumaniga 30 dona, Qarshi shahriga 9 dona, Qarshi tumaniga 12 dona, Mirishkor tumaniga 7 dona, G‘uzor tumaniga 12 dona, Dehqonobod tumaniga 17 dona, Qamashi tumaniga 15 dona, Koson tumaniga 18 dona, Kitob tumaniga 16 dona, Muborak tumaniga 6 dona, Nishon tumaniga 7 dona, Kasbi tumaniga 10 dona, Shahrisabz tumaniga 15 dona, Yakkabog‘ tumaniga 18 dona, Shahrisabz shahriga 4 dona byustlar taqsimot qilib berilgan.

“Hozirda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida homiylik yoki budjetdan tashqari tushgan mablag‘ asosida shakllantirib, maktablarga tarqatish uchun saqlanmoqda.Qolgan 5 ta tumanda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning byustlari, o‘zlari tashabbus ko‘rsatgan maktab direktorlariga tarqatilgan. Jumladan, Chiroqchi, Muborak, Qarshi, Koson, Dehqonobod tumanlari maktablariga tarqatilishi taqsimot qilingan bo‘lib, pul mablag‘lari maktablar jamoasidan yig‘ib olinmaganligi ma’lum bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан