Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryodagi tashkilot rahbari muxbir qizni «to‘shak»ga taklif qilgani aytilmoqda
23.06.2021 08:34,  
1247

Qashqadaryo viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i A.Yo. 14 iyun kuni o‘zi ishlaydigan tashkilotga matbuot kotibi sifatida ishga olish uchun fuqaro A.G.ni «postel»ga taklif qilgani aytilmoqda.

Bu haqida «Nasafnews»ga shikoyat qilgan muxbir A.G.ning aytishicha, boshqarma boshlig‘ining bu taklifi birinchisi emas.

«Bu taklifni menga avval ham bildirgan edi. Keyin esa hazillashdim, deb qo‘ydi. Bir necha kun o‘tgach esa yana shu mavzuda gap ochdi. Men esa endi boshliqning bu gapini tobora jiddiy qabul qila boshladim. Ishdan ko‘nglim sovib, tashkilotga borgim kelmay qoldi»,- deydi A.G.

Ma’lum bo‘lishicha, 5 oydan beri rasman ishga olinmagan matbuot kotibi A.G.ga boshqarma boshlig‘i A.Yo. Shahrisabzda tashkil qilingan «Yoshlar festivali» da tashkil qilingan fitobar loyihasini yoritish taklifi bilan chiqqan va Qarshi shahridan o‘z mashinasida olib ketishini aytgan.
Mashinaga mingan muxbir hali ham nega rasman ishga olinmaganing sababini rahbardan so‘ragan. Rahbar esa «Men bilan bir kecha qolasizmi?» deya taklif kiritgan. Muxbir nima uchun qolishi sababi bilan qiziqqan. Rahbar «erkaklar bilan bir kecha qolgan vaqtda nima qilishni bilamaysizmi?» deb gapirgan. Shundan so‘ng, muxbir mashinadan tushirib qoldirishlarini so‘ragan.

«Oxirgi marta yana shu haqda ochiqchasiga haydovchisining oldida tap tortmay, uyalmay gap ochganida taklifi jiddiy ekanligini tushundim va bu yerda boshqa ishlamaslikka qaror qildim. Ochig‘i, menga qilingan bu munosabatdan so‘ng, hamma yosh, o‘qib, ishlab, karera qilaman degan qizlarga nisbatan rahbarlar shunaqa munosabatda bo‘lar ekan deb kechgacha yig‘lab o‘zimga kela olmadim. Shok holatidaman. Nahotki, men shunaqa qiz bo‘lsam. Yurish-turishim, o‘zimni tutishimda biror kamchilik bo‘lsa atrofimdagilar aytishgan bo‘lardi. Unaqa tarbiya olmaganim uchun bu holat ruhiyatimga shunaqa ta’sir qildiki, haligacha o‘zimga kela olmayapman»,- deb gapiradi qiz.

Oradan bir necha kun o‘tib, matbuot kotibi sifatida ishga olinishi aytilgan qiz O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Otabek Ashurovga voqea haqida xabar bergan. Voqeadan Qashqadaryo viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi mas’ul xodimi ham xabar topib, muxbirni tinchlantirishga uringan. Boshqarma mas’ul xodimi muxbirga avvaliga telefon qilgan, keyinchalik sms xabar yozib, boshqarma boshlig‘ining ukasi «katta joyda ishlashini» va tinch yurmasa o‘ziga qiyin bo‘lishini aytgan.
Қашқадарёдаги ташкилот раҳбари мухбир қизни «тўшак»га таклиф қилгани айтилмоқда (ФОТО)
«Nasafnews» muxbiri holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Otabek Ashurov bilan bog‘landi. Matbuot kotibi esa holatni rad etmadi.

«Ha xabarim bor. Eshitgan kunimoq buni tegishli tartibda rahbariyatga bildirganman. Hozir shu ish bo‘yicha surishtirishayapti. Yaxshi ish bo‘lmabdi. Yoziyevning o‘zi bilan gaplashganimda “Hazillashdim, shunchaki hazillashdim”.-deb javob berdi. Qizni singlimdek ko‘raman. Bo‘lib o‘tgan ishdan afsusdaman. «Komandirovka»ga ketib qolgan edim. Endi masalani to‘liqroq o‘rganaman»,- deydi Otabek Ashurov.

"Biz har holda o‘zbekmiz. Qo‘limizda o‘sha «oshiq rahbar»ning audio yozuvining qolgan qismi va boshqarma xodimining maslahatmonand «tahdidi»ham bor. Faqat bunisini zahirada qoldirdik. Tag‘in, kimningdir yuragi to‘xtab qolmasin yana", deb yozadi Nasafnews.uz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан