Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryodagi YTHda 4 kishi Lasetti ichida tiriklayin yonib ketdi
5.08.2021 18:56,  
459

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida Lasetti va Isuzu yuk avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 

Dehqonobod tuman tuman hokimligining ma’lum qilishicha, ikkita avtomashina to‘qnashuvchi natijasida Lasetti yonib ketgan. Oqibatda yengil avtomobil ichida bo‘lgan 4 nafar fuqaro tanib bo‘lmas darajada kuyib, halok bo‘lgan. Lasettini toshkentlik fuqaro boshqargan. Isuzu haydovchisi esa asli xorazmlik 23 yoshli yigit bo‘lgan.

Tahmin qilinishicha, Lasetti haydovchisi rulda uxlab qolgan va Isuzuning yo‘liga chiqib ketgan. Tuman Favqulotda vaziyatlar bo‘limining ma’lumot berishicha, voqea haqida soat 14:25 da xabar kelib tushgan, hodisa joyiga 14:27 da yetib borilgan va 14:45 da olov o‘chirilgan.

Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан