Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qatar amiri mamlakat arab mamlakatlari iqtisodiy qamalini yengib o‘tganini aytdi
6.11.2019 10:22,  
215

Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Tani arab mamlakatlari tomonidan 2017 yilda qo‘yilgan iqtisodiy to‘siqlar yengib o‘tildi, deb bayonot berdi. Bu haqda Al-Jazira agenligi xabar qildi.

Amir 5 noyabr, seshanba kuni mamlakat parlamenti – Sho‘rodagi chiqishida iqtisodiy yutuqlarga to‘xtalib o‘tdi va mamlakat o‘z iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilishda davom etar ekan, oziq-ovqat xavfsizligi va qayta tiklanadigan energiya sohalarini rivojlantirishda davom etishini ta’kidladi.

2017 yilning 5 iyunida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatar bilan savdo va diplomatik aloqalarni cheklab, yerda, suvda va havoda o‘z chegaralarini yopib qo‘ygan edi. Bunga sabab sifatida Doha terrorizmni moliyalashtirayotgani hamda mintaqa davlatlarining dushmani Eron bilan hamkorlik qilayotgani ko‘rsatilgan edi.

Shayx Tamimning ta’kidlashicha, Qatar har doim o‘zaro hurmat va ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillariga asoslangan kelishmovchiliklarni hal qilishga tayyor.

Iqtisodiy yutuqlarga to‘xtalib o‘tarkan, amir mamlakat byudjeti profitsit bilan yakunlanganini aytib o‘tdi. Fors ko‘rfazi diplomatik iniqrozi boshlangandan beri Qatar valyutasini “sindirish”ga qaratilgan bir qancha urinishlarga qaramay, mamlakat valyutasi o‘z qiymatini saqlab qolgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан