Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qaysi davlatlardan kelganlar karantinga olinmaydi?
13.08.2020 00:22,  
1031

O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan kirish bo‘yicha quyidagi tartib amal qilishi belgilandi

- sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan (yashil reyslar) — (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar karantin nazoratiga olinmaydi;

- koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan (sariq reyslar) — (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida uy karantini nazoratiga olinadi;

- koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan (qizil reyslar — evakuatsiya reyslari) — O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan fuqarolarni kirishi bo‘yicha toifaga ajratilgan davlatlar ro‘yxati tasdiqlandi hamda ushbu ro‘yxat har haftada yangilab borishi belgilandi. Mazkur ro‘yxatga asosan: 

Yashil reyslar sifatida – Xitoy Xalq Respublikasi, Tayland, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Latviya, Yaponiya; 

sariq reyslar sifatida – Yevropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno), Ozarbayjon;

qizil reyslar sifatida boshqa barcha davlatlar belgilandi.

Yuqoridagilardan tashqari jamoaviy (kollektiv) immunitet shakllanishi jarayonini monitoring qilib borish maqsadida antitanachalar (immunoferment) tahlilini o‘tkazish choralarini ko‘rish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi. 

Shu bilan birga, mutasaddi vazirlik va idoralarga ommaviy axborot vositalarida madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar mazmundagi ko‘rsatuv, eshittirish va materiallarni ko‘paytirish, shuningdek ijtimoiy masofani ta’minlagan hamda sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etgan holda teatr, kinoteatr, konsert va boshqa tadbirlarni tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritish vazifalari belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан