Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qaysi hollarda COVID bemori albatta kasalxonaga olinishi kerak?
25.07.2020 14:55,  
538

AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda koronavirus infeksiyasini davolash va kasallikni oldini olish bo‘yicha savollarga javob qaytarildi.

— Qaysi hollarda COVIDga chalingan bemor albatta statsionar sharoitida davolanishi lozim?

- Hansirash (havo yetmayotganligini sezish) – nafas olish chastotasi bemorning tinch holatida daqiqasiga 22 va undan yuqori bo‘lishi;

- tana harorati stabil ravishda 39 daraja va undan yuqori bo‘lib, isitmani tushiruvchi dori vositalari yordamida tushmasligi;

- qonning kislorod bilan ta’minlanish foizi 90 foizdan past bo‘lishi (bu ko‘rsatkich pulsoksimetr yordamida aniqlanadi);

- qon bosimining tushib ketishi yoki keskin ko‘tarilib ketishi (90 dan past yoki 220 dan yuqori); 

- yurak urishining tezlashishi – puls daqiqasiga 130 va undan yuqori bo‘lishi;

- bemorda ong ko‘rsatkichlarining pasayishi;

- qo‘shimcha xavf omillari: yoshi 60 va undan yuqori, yondosh kasalliklar – diabet, gipertoniya, yurak xastaliklari, o‘pka va buyrakning surunkali kasalliklari, onkologik kasalliklar va immunitetning pasayishi;

- og‘ir simptomlarning mavjudligi, ya’ni  chidab bo‘lmaydigan og‘riqlar, jumladan bosh og‘riqlari, to‘xtamasdan qayt qilish va intensiv diareya.

Shu holatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat kilib bemor statsionarga yuborilishi lozim!

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан