Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qaysi karantin cheklovlari saqlanib qoldi?
13.08.2020 00:04,  
1963

Quyidagi karantin cheklovlari (taqiqlar) 2020 yil 15 avgustdan keyin ham saqlab qolinishi belgilandi:

- fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo‘lishi, bunda ular tomonidan sanitar talablar buzilgan taqdirda qat’iy choralar (jarimaga tortish) ko‘rish;

- tana harorati 37 gradus va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqmasligi;

- davlat organlari, tashkilotlarida yig‘ilishlar o‘tkazishni taqiqlash, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish;

- tomosha, madaniy-ko‘ngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari, to‘yxonalar, faoliyati) va ommaviy tadbirlar o‘tkazish;

- parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar faoliyati;

- umumiy ovqatlanish ob’yektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyati (ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish ob’yektlari bundan mustasno);

- tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik;

- 65 yoshdan oshgan shaxslarning “o‘zini o‘zi yakkalash” hayot tarzida yashashini tavsiya etish va ogohlantiruvchi targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;

- yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus pleyonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi), yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanish.

Davlat organlari va muassasalarining binolari, shu jumladan, xizmat xonalari mavjud sharoitlardan kelib chiqib, havoni zararsizlantirish tizimi bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан